Milliarderni 643 million yevroga chuv tushirishdi

Germaniyada zanglamaydigan po‘lat ishlab chiqaruvchi «Wilhelm Schulz» kompaniyasining sobiq rahbariyati firibgarlikda gumon qilinmoqda. Amerikalik investor Uorren Baffet uning qurbonlaridan biri hisoblanadi, deya xabar berdi «Financial Standard». Bu haqida "Zamin.uz" nashri xabar bermoqda.

Maqolada ta’kidlanishicha, bir necha yil muqaddam firma egalari o‘zining moliyaviy ahvoli haqidagi hujjatlarni fotoshop yordamida soxtalashtirgan. 2017 yilda Baffetning «Berffhire Hathaway Inc.» kompaniyasi «Wilhelm Schulz»ni 800 million yevroga xarid qilgan.

Biroq ko‘p o‘tmay «Berffhire Hathaway»ga firma hisobotlari qalbakilashtirilgani haqidagi anonim xabar kelib tushgan. Investitsiya kompaniyasi xodimlari raqamlarni solishtirib ko‘rgach, gullab-yashnayotgan emas, bankrotlik arafasida turgan biznesni xarid qilganini aniqlashgan.

Nyu-York arbitraj sudi firmani 157 million yevroga baholab, sobiq egalarini 643 million yevrolik farqni to‘lab berishga hukm chiqardi.

Germaniya prokuraturasining fikricha, bu «Wilhelm Schulz»ning investorlarni birinchi marta aldashi emas. Tergov natijalariga ko‘ra, firmada buyurtma va hisobotlar muntazam soxtalashtirib kelingan, 47 ta tijorat bitimlari butunlay qalbakilashtirilgan. Sobiq egalari barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Yana 14 kishida koronavirus qayd etildi – O‘zbekiston

O‘zbekiston dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari e’lon qilindi

Реклама на Unews

O‘zbekistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatiladimi?

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring