BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Rossiyada sotilayotgan UzAuto Motors avtomobillarining narxlari e’lon qilindi

"UZAUTO MOTORS" AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2020 yilni 15 iyunda General Motors bilan tuzilgan kelishuv doirasida UzAuto Motors Rossiya Federatsiyasida Chevrolet rusumli ommaviy avtomobil segmentini sotuvi boshladi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

"Rossiyalik xaridorlarga taqdim etiladigan ilk modellar Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt bo‘ladi" - deyiladi kompaniya xabarida.

«UzAuto Motors» rasman avtomobil narxlarini oshirdi (yangi narxlar)

UzAuto Motors'ning Rossiya bozoridagi rasmiy distribyutori «Keles Rus» MChJ avtomobillarni quyidagi narxlarda sotmoqda:

"Chevrolet Spark — bu Rossiya avtomobillar bozorida avtomat uzatmali A sinfiga mansub eng raqobatbardosh model taklif sanaladi. Ixcham Spark shahar xetchbeki 1,25 litr (85 ot kuchi) dvigatel va Yaponiyaning AISIN Seiki Co Ltd. ishlab chiqaruvchisidan avtomatik uzatma bilan jihozlangan. Model uchta komplektatsiyada mavjud: LS AT, LT AT va LTZ AT. Narxi 719 900 rubldan. (Markaziy bankning 2020 yil 16 iyundagi kursi bo‘yicha 105 million so‘m atrofida)

V sinfiga mansub Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt 6 bosqichli avtomat uzatma qutisi mavjudligi bilan ajralib turadi, Cobalt esa boshqa qulayliklar bilan bir qatorida qulay, keng ichki va eng katta yukxonasiga (563 litr) egaligi bilan iste’molchi uchun muhim.

1,5 litr (105 ot kuchi) dvigateliga ega Chevrolet Nexia to‘rt komplektatsiyada taqdim etilgan: LS MT, LT MT, LT AT va LTZ AT modellarida taqdim etiladi. Narx 699 900 rubldan (Markaziy bankning 2020 yil 16 iyundagi kursi bo‘yicha 101,7 million so‘m atrofida).

1,5 litrli dvigatelga ega (106 ot kuchi) Chevrolet Cobalt to‘rt komplektatsiyada mavjud: LS MT, LT MT, LT AT va LTZ AT. Narxi 749 900 rubldan (Markaziy bankning 2020 yil 16 iyundagi kursi bo‘yicha 109 million so‘m atrofida)

Shuningdek, savdo boshlanishi bilan bir vaqtda «Keles Rus» MChJ hamkorlar bilan birgalikda Chevrolet modellarini imtiyozli shartlarda sotib olishni ta’minlaydigan bir qator moliyaviy dasturlarni va treyd-in (mijozning avtomobilini yangisiga almashtirish) yo‘lga qo‘yishini ma’lum qilgan.

"UzAuto Motors" avtomobillarining O‘zbekistondagi eski va yangi narxlari:

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Bo‘sh turgan ob’yektlardan foydalanish bo‘yicha markaz tashkil etildi «Bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-4771, 01.07.2020 y.) qabul qilindi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.  Qarorga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari huzuridagi «Davlat mulkini ijaraga berish markazi» DUK negizida Agentlik huzuridagi Bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi. Markazning asosiy vazifalaridan biri mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha toifadagi bo‘sh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish, shuningdek, davlat mulki ob’yektlarini ijaraga berishni tashkil qilish hisoblanadi. Markaz davlat boshqaruv organi hisoblanadi va davlat organlaridan, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlardan hamda boshqa tashkilotlardan zarur bo‘lgan axborot va materiallarni so‘rab olish huquqiga ega. Markaz bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida har yili 1 aprelga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi. 2020 yil 1 sentyabrdan: barcha auksion savdolari natijalari QR-kodni qo‘llash orqali rasmiylashtiriladi; “E-IJRO AUKSION” tizimida quyidagi tartiblar joriy qilinadi: auksionda shaxsini identifikatsiyalash imkonini beruvchi mobil ilovalar orqali ishtirok etiladi; davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari elektron shaklda ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtiriladi; savdolarda mavjud bo‘lgan lotlar haqida batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi doimiy yangilanib turadigan va Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan elektron katalog yaratiladi. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!
Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.    Oʻzbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri. Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirish hamda sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Qaror bilan isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar roʻyxati tasdiqlandi. Qarorga koʻra, 2020 yil 1 maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urugʻlik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi. 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi. Taksilar yo‘lovchi tashiganda avtomashina saloni plyonka bilan to‘silishi kerak Toshkentda 8 maydan nimalarga ruxsat berilgani ma'lum bo‘ldi «Siyosiy virus»: Xitoy Gonkongdagi namoyishchilarga qarshi kurashni boshladi  Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring