Rossiyada sotilayotgan UzAuto Motors avtomobillarining narxlari e’lon qilindi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

"UZAUTO MOTORS" AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2020 yilni 15 iyunda General Motors bilan tuzilgan kelishuv doirasida UzAuto Motors Rossiya Federatsiyasida Chevrolet rusumli ommaviy avtomobil segmentini sotuvi boshladi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

"Rossiyalik xaridorlarga taqdim etiladigan ilk modellar Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt bo‘ladi" - deyiladi kompaniya xabarida.

«UzAuto Motors» rasman avtomobil narxlarini oshirdi (yangi narxlar)

Реклама на Unews

UzAuto Motors'ning Rossiya bozoridagi rasmiy distribyutori «Keles Rus» MChJ avtomobillarni quyidagi narxlarda sotmoqda:

"Chevrolet Spark — bu Rossiya avtomobillar bozorida avtomat uzatmali A sinfiga mansub eng raqobatbardosh model taklif sanaladi. Ixcham Spark shahar xetchbeki 1,25 litr (85 ot kuchi) dvigatel va Yaponiyaning AISIN Seiki Co Ltd. ishlab chiqaruvchisidan avtomatik uzatma bilan jihozlangan. Model uchta komplektatsiyada mavjud: LS AT, LT AT va LTZ AT. Narxi 719 900 rubldan. (Markaziy bankning 2020 yil 16 iyundagi kursi bo‘yicha 105 million so‘m atrofida)

V sinfiga mansub Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt 6 bosqichli avtomat uzatma qutisi mavjudligi bilan ajralib turadi, Cobalt esa boshqa qulayliklar bilan bir qatorida qulay, keng ichki va eng katta yukxonasiga (563 litr) egaligi bilan iste’molchi uchun muhim.

Реклама на Unews

1,5 litr (105 ot kuchi) dvigateliga ega Chevrolet Nexia to‘rt komplektatsiyada taqdim etilgan: LS MT, LT MT, LT AT va LTZ AT modellarida taqdim etiladi. Narx 699 900 rubldan (Markaziy bankning 2020 yil 16 iyundagi kursi bo‘yicha 101,7 million so‘m atrofida).

1,5 litrli dvigatelga ega (106 ot kuchi) Chevrolet Cobalt to‘rt komplektatsiyada mavjud: LS MT, LT MT, LT AT va LTZ AT. Narxi 749 900 rubldan (Markaziy bankning 2020 yil 16 iyundagi kursi bo‘yicha 109 million so‘m atrofida)

Shuningdek, savdo boshlanishi bilan bir vaqtda «Keles Rus» MChJ hamkorlar bilan birgalikda Chevrolet modellarini imtiyozli shartlarda sotib olishni ta’minlaydigan bir qator moliyaviy dasturlarni va treyd-in (mijozning avtomobilini yangisiga almashtirish) yo‘lga qo‘yishini ma’lum qilgan.

"UzAuto Motors" avtomobillarining O‘zbekistondagi eski va yangi narxlari:

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий