Rossiya va Ukraina o`rtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi boshlandi
4767 07-03-2022 0 DunyoRossiya va Ukraina o`rtasidagi Belarusdagi muzokaralarning uchinchi raundi boshlandi. Bu haqda Interfax.ru xabar qildi.
Muzokaralar avvalgi muzokaralar o`tkazilgan joy — Belovejskaya Pushedagi Ovchilar uyida bo`lib o`tmoqda.
Kutilganidek, uchrashuv chog`ida tomonlar uchta muammo blokini – ichki siyosiy masalalarni tartibga solish, xalqaro gumanitar jihatlar va harbiy jihatdan tartibga solish masalalarini muhokama qiladi.
Реклама на Unews
Ma`lumot uchun, 28 fevral kuni Ukraina — Belarus chegarasida Rossiya va Ukraina vakillari o`rtasida muzokarlarning birinchi, 3 mart esa ikkinchi raundi bo`lib o`tgan edi.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.