Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bayonoti

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bayonoti:

— Havo-desant kuchlari Chernobil atom elektr stansiyasini nazorat ostiga oldi. Ukraina atom elektr stansiyasi xavfsizlik bataloni bilan energiya bloklari va sarkofagni birgalikda qo‘riqlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Radioaktiv fon normal holatda. AES xodimlari oddiy rejimda xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda.

— Janglar paytida 150 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar taslim bo‘ldi.

Реклама на Unews

— Beshta Ukraina samolyoti, bitta vertolyot va beshta uchuvchisiz samolyot urib tushirildi, 18 ta Ukraina tanki, yettita ko‘p tarmoqli raketa tizimi, 41 ta transport vositasi, beshta qayiq yo‘q qilindi.

— Ukrainaning 118 ta harbiy infratuzilma ob’ektlari, shu jumladan 11 ta aerodromlar ishdan chiqarildi.

— Ilon oroli hududi (Odessa viloyati) da 82 nafar ukrainalik askarlar qurollarini tashlab, taslim bo‘lishdi, ular janglarda qatnashishdan bosh tortishdi va yaqin orada o‘z oilalariga qaytariladi.

Реклама на Unews

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring