Rossiya Eron sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi

RFning “Soyuz-2.1b” raketasi Eronning “Xayyom” sun’iy yo‘ldoshi va 16 ta kichik kosmik kemani orbitaga olib chiqdi, deb xabar bermoqda “Roskosmos”.

Eronning Yerni masofadan turib zondlash uchun mo‘ljallangan “Xayyom” kosmik kemasi seshanba kuni Bayqo‘ng‘ir kosmodromidan orbitaga muvaffaqiyatli uchirildi.

Xabarda qayd etilishicha, Eron sun’iy yo‘ldoshi bilan birgalikda orbitaga 16 ta kichik rus qurilmasi – “CubeSX-HSE-2”, “Monitor-1”, “UTMN”, “CYCLOPS”, “Siren”, ”KAI-1”, “Kuzbass-300”, “Skoltech-B1”, “Skoltech-B2”, “Polytech Universe-12, “Polytech Universe-2”, “Vizard”, “Geoskan-Edelveys”, “MIET-AIS”, “ISOI” va “ReshUCube” ham uchirilgan.

Реклама на Unews

 

Sun’iy yo‘ldoshlar ilmiy va texnologik tadqiqotlar, jumladan, sun’iy yo‘ldoshlararo aloqa kanallarini amalga oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish, elektromagnit nurlanish darajasini o‘lchash, Yerni masofadan turib zondlash va ekologik vaziyatni kuzatish uchun mo‘ljallangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring