Rim papasi Qozog`istonga keldi

Bugun, 13 sentyabr kuni Rim papasi Fransisk Qozog`istonga keldi. Poytaxt Nur-Sultondagi xalqaro aeroportda Rim papasini shaxsan Qozog`iston Respublikasi Qosim-Jomart To`qaev shaxsan kutib oldi. 

Pontifik Qozog`istonga Jahon va an`anaviy dinlar etakchilarining VII qurultoyida ishtirok etish uchun kelgan. 

 

Uchrashuv chog`ida davlat rahbarlari ikki mamlakat delegasiyalari a`zolarini bir-biriga tanishtirdilar, so`ng Prezident terminalining Kamin zalida Qozog`iston rahbari va katolik cherkovi rahbari qisqacha suhbatlashdi. 

Реклама на Unews

Uchrashuv yakunida martabali mehmon korteji Oqorda saroyiga yo`l oldi. 

Shuningdek, bugunning o`zida To`qaev Nur-Sultonga kelgan Quddus Patriarxi Teofil III, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Allohshukur Poshozoda va Al-Azhar universiteti oliy imomi Ahmad at-Toyibni qabul qilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring