Ranglar bayramidan keyin Hindistonning shimoliy qismi zaharli moddalar bilan to`ldi

Hindistonning shimoliy qismida yashovchi yuz millionlab odamlar yakshanba tongini zaharli havo bilan kutib olishdi. Bunga o`tgan bir necha kun davomida nishonlangan ranglar bayrami Divalida bo`lib o`tgan mushakbozliklar sabab bo`lgan.  15 noyabr kuni poytaxt Nyu-Dehli qalin tutun tufayli oq rangga burkandi.

 Bu shahar atmosferasining ifloslanish darajasi JSST tomonidan o`rnatilgan o`rtacha me`yordan 9 baravar  ko`p hisoblanadi. Nyu-Dehlining rahbari Arvind Kejrival Divali bayramidan oldin mushaklardan foydalanish va ularni sotishni taqiqlagan edi. Ammo, ushbu cheklovni amalga oshirish qiyin bo`ldi. Poytaxt aholisi ushbu festivalni yaxshi nishonlash uchun yakshanba kuni tong otguncha katta miqdordagi mushaklarni otishdi. 

 Odatda, Nyu-Dehli havosining ifloslanishi oktyabr va noyabr oylarida yanada avj oladi. Bunga dehqonlarning qishloq xo`jaligi chiqindilarini yoqib yuborishi, atrofdagi shtatlarda ko`mir yoqadigan elektr stansiyalarining mavjudligi, avtomobil tutunlari va shamolsiz o`tuvchi kunlar sabab bo`ladi.  

Реклама на Unews

Reuters tomonidan tahlil qilingan ma`lumotlardan aniqlanishicha, o`zi shundoq ham dunyodagi eng yomon havodan aziyat chekadigan Panjob,  Uttar-Pradesh,  Xaryana,  Bihar va Nyu-Dehli shtatlaridagi shaharlarning bu yilgi ifloslanish darajasi o`tgan yilgi Divalidan keyingi holatga qaraganda ancha yuqori bo`ldi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring