Ramzan Qodirov koronavirusga chalinmagani oshkor bo‘ldi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov antitana testidan o‘tganini aytdi. Javob esa unda koronavirusi yo‘qligini ko‘rsatdi. Bu haqida "Qalampir.uz" nashri xabar bermoqda.

May oyi oxirida ommaviy axborot vositalarida Qodirovning COVID-19 ga chalingani, u Moskvadagi kasalxonada ekanligi haqida xabar tarqaldi. Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha viloyat bosh boshqarmasi bu ma’lumotni rad etdi, keyinchalik Checheniston rahbari o‘zini "mutlaqo sog‘lom" ekanligini ta’kidladi.

"Mening testimda antikorlar aniqlanmadi. Bu menga koronavirus infeksiyasi yuqmaganligini ko‘rsatadi”, deb yozdi Qodirov “VKontakte”dagi sahifasida.

Реклама на Unews

Checheniston rahbari ta’kidlaganidek, u bilan birga pandemiya paytida ko‘ngilli sifatida ishlagan QVZ jamoasi, Qodirovning matbuot xizmati va ishlarini boshqaruvchi boshqarma a’zolari ham test topshirgan.

"Testdan o‘tkazish shuni ko‘rsatdiki, tahlil topshirganlarning 80 foizida allaqachon koronavirus bo‘lgan. QVZ jamoasi natijalariga ko‘ra, tekshirilgan besh ishtirokchining to‘rt nafarida kasallik alomatlari kuzatilgan”, dedi Qodirov.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring