Qozog‘istonda karantin choralari kuchaytiriladi

Qozog‘istonning Oqmola viloyatida karantin choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda "Kazinform" xabar bergan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Viloyatda 28 oktyabrdan 3 noyabrgacha 179 ta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan. Bu 100 ming aholiga nisbatan 24,2 foiz ko‘rsatkich demakdir. 

Kiritiladigan choralar doirasida Oqmola viloyati aholisiga kamida 2 metrgacha ijtimoiy masofa saqlash majburiyati yuklatiladi. 

Реклама на Unews

Viloyat aholi punktlari hududida aholining harakati soat 21:00 dan 06:00 gacha cheklanadi. Mahalliy ijroiya, huquqni muhofaza qilish idoralari, tez tibbiy yordam va shoshilinch tibbiy yordam, davlat tibbiyot muassasalari, sanitariya-epidemiologiya xizmati, yong‘in o‘chirish, shoshilinch qutqarish xizmatlari xodimlarining harakatlari bundan mustasno. 

65 yoshdan oshgan shaxslarga o‘ta zaruratsiz uydan chiqish tavsiya etilmaydi. Ular quyidagi holatlarda ko‘chaga chiqishi mumkin: oziq-ovqat, zarur buyumlar, dori-darmon va tibbiy buyumlarni sotib olish uchun; favqulodda vaziyatda tibbiy muassasalarga borish uchun. 

Bog‘lar, xiyobonlar, maydonlar va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga 3 kishidan ko‘p bo‘lib borish man etiladi. 

Реклама на Unews

Oilaviy marosimlarni ko‘p odam ishtirokida o‘tkazish taqiqlanadi. Shuningdek, dafn marosimlarida 30 dan ortiq odam yig‘ilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Choralar joriy yil 7 noyabr soat 00:00 dan boshlab kuchga kiradi. Koronavirus bilan bog‘liq holatga qarab, ular uzaytirilishi yoki yumshatilishi mumkin. 

Viloyatning ma’muriy markazi - Kokshetov shahri bo‘ylab karantin zonalari va sanitariya postlari tashkil etiladi. Bu yerda so‘nggi bir hafta ichida SOVID-19 yuqtirganlar soni ikki baravar ko‘paygan.

Ertadan boshlab sanitariya postlari Qarag‘andi viloyati chegaralarida ham yo‘lga qo‘yiladi. 

Avvlroq, Qozog‘iston koronavirus tufayli davlat chegarasida cheklov choralarini kuchaytirishi haqida xabar bergandik. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Respublika Hukumati SOVID-19 tarqalishini to‘xtatish maqsadida hududlar chegaralarida nazorat punktlarini o‘rnatgan. May oyining o‘rtalaridan boshlab karantin choralari asta-sekin zaiflasha boshlagan va postlar olib tashlangan.

Pandemiya boshlanganidan buyon Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 113 mingdan ortiq holat aniqlangan. 1 ming 857 kishi vafot etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring