"Qo`shma Shtatlar allaqachon xalqaro yordam tayyorlashga kirishgan". Bayden va Zelenskiy muloqot qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qilganini aytdi, deya yozmoqda "lenta.ru"

Ukraina rahbarining so`zlariga ko`ra, Qo`shma Shtatlar allaqachon xalqaro yordam tayyorlashga kirishgan.

Eslatib o`tamiz, bugun, 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassni himoya qilish bo`yicha harbiy maxsus operasiya boshlanganini ma`lum qildi. AQSh etakchisi Jo Bayden buni Rossiyaning Ukraina xalqiga asossiz hujum ekanini ma`lum qildi. 

Реклама на Unews

Avvalroq Zelenskiy butun mamlakat bo`ylab harbiy holat joriy etilishini ma`lum qilgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring