Qodirov Abu-Dabining valiahd shahzodasiga Putinning xabarini yetkazdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov xizmat safari davomida Abu-Dabining valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Al Nahyon bilan uchrashdi va unga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning og‘zaki xabarini yetkazdi. Bu haqda u “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbari Rossiya-Amirliklar munosabatlarining samarali va ko‘p qirrali xususiyatini mamnuniyat bilan qayd etgan. Shuningdek, u shaxsiy himoya vositalarini Shimoliy Kavkaz Respublikalari aholisiga o‘tkazish tashabbusi uchun minnatdorlik bildirgan.

Bundan tashqari, Putin Amirlik mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan so‘ng Rossiyaning “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasini BAAga yetkazib berishni tashkil qilishga tayyorligini e’lon qilgan. Mamlakat joriy yilning 21 yanvar kuni Rossiya dori vositasidan favqulodda foydalanishni ma’qulladi.

Реклама на Unews

Qodirovning qo‘shimcha qilishicha, Abu-Dabining valiahd shahzodasi bilan uchrashuvda Amirliklar va Checheniston o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Tomonlar uni mustahkamlash va kengaytirishga qiziqish bildirgan. Checheniston rahbari shuningdek, valiahd shahzodaga mehmondo‘stligi uchun minnatdorlik bildirgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring