Qirg'oqchilik daxshati! So'ngi 50 yilda qancha odam nobud bo'lganini bilasizmi?

So‘nggi yarim asrdagi qurg‘oqchiliklar dunyo bo‘ylab 650 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibiga kiruvchi Butunjahon meteorologiya tashkilotiga asoslanib xabar berilgan.  

“So‘nggi 50 yil ichida 10 ta eng katta ofatlardan eng ko‘p o‘lim soni qurg‘oqchilik (650 000 o‘lim), bo‘ronlar (577 232), toshqinlar (58 700) va ekstremal harorat (55 736) natijasida yuz bergan”, deyilgan tashkilot xabarida. 

Tashkilotning ta’kidlashicha, bu hisob-kitoblar joriy yilning sentyabr oyida iqlim, ob-havo va suv bilan bog‘liq o‘lim hamda iqtisodiy zarar hisobotida e’lon qilinadigan ma’lumotlarning bir qismi. 

Реклама на Unews

Bundan tashqari, tadqiqotda tabiiy ofatlar natijasida yetkazilgan iqtisodiy zarar ham ma’lum qilingan. Bo‘ronlar va toshqinlar bu borada eng dahshatlisi bo‘lgan — mos ravishda 521 milliard dollar va 115 milliard dollar. 

“Ob-havo, iqlim va suv bilan bog‘liq xavf-xatarlar iqlim o‘zgarishi sababli tez-tez va kuchayib bormoqda”, deya xulosa qilgan tashkilot Bosh kotibi Petteri Taalas. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, uzoq davom etadigan toshqinli yomg‘irlar tobora ko‘proq global isish izini qoldirmoqda. 

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 iyul kuni Turkiya shimoli-sharqida Riza va Artvin provinsiyalarida toshqin boshlandi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 13 iyul kuni Germaniyada toshqinlar boshlangandi. Tabiiy ofat natijasida hozirgacha 175 kishi halok bo‘ldi. Toshqinlar Yevropaning boshqa davlatlariga ham tarqaldi.  

Shuningdek, Xitoyning Xenan provinsiyasida ham kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqitabatida suv toshqinlari yuz berdi. Viloyatdagi bir nechta shaharlarda yo‘llarni suv bosdi

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring