“Putin – o‘g‘ri. Navalniy, biz sen bilan”. Rossiyada norozilik namoyishlari boshlandi
3969 23-01-2021 0 DunyoRossiya federatsiyasining bir qancha hududlarida muxolifat Aleksey Navalniyning tarafdorlari norozilik namoyishlari uyushtirmoqda. Oqibatda, ayrim hududlarda huquni muhofaza qiluvchi organ va miting ishtirokchilari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.
Novosibirskda odamlar Qizil avenyu bo‘ylab Lenin maydoniga qarab yurgan. Ma’lumotlariga ko‘ra, mingga yaqin odam ko‘chaga chiqqan. Hibsga olingan sakkiz kishi haqida ma’lumot mavjud.
Реклама на Unews
Vladivostokda politsiya namoyishchilarni kuch bilan tarqatib yuborgan. U yerda allaqachon 20 dan ortiq kishi hibsga olingan.
Krasnoyarskdagi mitingda bir yarim mingga yaqin kishi qatnashmoqda.
Реклама на Unews
Navalniy “Novichok” zaharidan zaharlangan, deb taxmin qilinadigan Tomskda odamlar shahar markazidan o‘tib ketgan. Mitingda 700 dan ortiq odam to‘plangan. Odamlar: “Putin – o‘g‘ri” va “Navalniy, biz siz bilan”, deya hayqirmoqda.
Kuzbassda 500 ga yaqin namoyishchilar Kemerovo shahar hokimligi binosiga yetib kelgan. Ko‘plab politsiyachilar yaqin atrofda joylashgan viloyat hokimiyati hududini o‘rab olgan.
Moskvaning Tverskaya ko‘chasi Pushkinskayadan “Manejnaya” maydonigacha politsiya tomonidan to‘silgan. Shuningdek, qo‘shni yo‘llar ham yopilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 11:00 ga qadar butun Rossiya bo‘ylab norozilik aksiyalarida 15 mingdan ortiq odam qatnashmoqda. Namoyishchilarning aksariyati Vladivostok va Irkutskda – har bir shaharda uch mingdan ortiq kishi ishtirok etmoqda.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.