Pufakchalar: Koronavirusning yangi alomatlari aniqlandi!

Britaniyalik olimlar koronavirus infeksiyasining yangi alomatlarini aniqlashdi. Ular orasida mushaklardagi og‘riq, kuchli charchoq va oyoqlardagi pufakchalar tilga olingan.

"Daily Mail" bu haqda Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ilmiy maslahat guruhi (SAGE) tadqiqotlariga asoslanib xabar bermoqda.

Mutaxassislar simptomlarning namoyon bo‘lishi virus yuqtirganlarning yoshiga va organizmlarning xususiyatlariga bog‘liqligini ta’kidladilar.

Реклама на Unews

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi test markazlariga qo‘shimcha yuklamalar yuzaga kelmasligi uchun yangi aniqlangan alomatlarni COVID-19 indikatorlari ro‘yxatiga kiritmaslikka qaror qildi.

Oktyabr oyi boshida Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti olimlari D vitaminini qabul qilish koronavirusdan himoyalanishda samara berishini ta’kidlashgan edi. Ular COVID -19 alomatlari paydo bo‘lganidan keyin izolyasiya qilingan tibbiyot xodimlari D vitamini yetishmasligidan aziyat chekishganini aniqlashgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 11-10-2020 Мурад

    Бу касалик Кавасаки масмикин

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish