Pokistonda portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Kecha, 10 iyun kuni Pokiston shimoli-g‘arbida bo‘lgan portlashda ikki askar halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib "Sinxua" axborot agentligi xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Agentlik bergan ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Afg‘oniston bilan chegaradosh Vaziristonning shimolida sodir bo‘lgan. Portlash moslamasi harbiy transport vositasi ichiga o‘rnatilgan.

Yaradorlar eng yaqin shifoxonaga yetkazilgan. Xavfsizlik xizmatlari voqea joyida qidiruv ishlarini olib bormoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring