O‘zbekiston "Tolibon"* hokimiyatini tan olish shartlarini ma’lum qildi

Ayni kunlarda Afg‘onistonga oid Moskva shaklidagi maslahatlashuvlar yig‘ilishida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev aytib o‘tdi.
“Hoynahoy, nafaqat O‘zbekiston delegasiyasi uchun, balki hamma ishtirokchi davlatlar uchun gumanitar falokat yaqinida turgan Afg‘oniston xalqiga yordam qo‘lini cho‘zish, asosiy maqsad bo‘lib qoladi. Ustiga-ustak qish ham yaqinlashmoqda”,– deydi Irgashev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Tolibon" qo‘yidagi shartlarni bajara olsa uning hokimiyatiini O‘zbekiston tan olishi mumkin,
– doha shartnomasidagi majburiyatlarini bajarishi


– Afg‘oniston jamiyatining barcha siyosiy tomonlarini ifodalovchi hukumat tashkil etsa


– inson va ayollarning asosiy huquqlarini ta’minlay olsa

Реклама на Unews


– qo‘shnilarini tahdidga qo‘yib Afg‘oniston hududidan terrorchilar foydalanishlariga yo‘l qo‘ymasa


"Tolibon" hukumatini tan olish barcha sherik davlatlar tomonidan kelishilgan qadam bo‘ladi, hech kim boshqalardan ajralib turmaydi, lekin hozircha tan olish uchun imkoniyat yo‘q", – dedi u.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring