Ozarbayjonlik ayol eriga "shafqatsiz Attila" taxtini sovg‘a qildi

Turkiyaning Bursa viloyatida istiqomat qiluvchi ozarbayjonlik ayol eri uchun buta daraxtidan "Attila taxti"ni yasashga buyurtma berdi, deb yozdi "Haberler"ga tayanib "sputniknews-uz.com".

Qo‘lda ishlangan taxt 3 oy ichida tayyor bo‘ldi. Bunday noyob buyurtmaning bozor narxi 10 ming dollarni tashkil qilishi mumkin. Taxtning umumiy vazni 500 kilogramm.

G‘ayrioddiy buyurtmani bajargan duradgorning so‘zlariga ko‘ra, ozarbayjonlik ayol unga maxsus iltimos bilan murojaat qilgan - taqdim etilgan rasmga asosan "Attila taxtini" zamonaviy texnologiyalardan foydalanmasdan yasashni so‘ragan.

Реклама на Unews

Attila 434-453 yillarda xunlarning hukmdori bo‘lgan. U o‘z hukmronligiga turk, german va boshqa qabilalarni birlashtirdi: Ural daryosidan Reyn daryosigacha va Dunay daryosidan Boltiq dengizigacha cho‘zilgan imperiyaning yetakchisi edi.  

Attila - G‘arbiy Yevropaning aksariyat qismida ochko‘zlik va shafqatsizlik timsoli sifatida esga olinadi. 452 yilda Italiyaning aksariyat qismini vayron qilgan holda qaytib kelgan. Attila o‘z qoniga botib, vafot etgan.

Tarixchilar "Evropani vayron qiluvchisi" Attila uxlayotgan vaqtda ismi aytilmagan rafiqasi tomonidan pichoqlab o‘ldirgan, degan mish-mishlar ham tarqalganligini aytishadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring