Ona bolalarini ko‘p qavatli uyning derazasidan uloqtirib, ularning hayotini saqlab qoldi (video)

Turkiyaning Istanbul shahrida bir ayol bolalarini yonayotgan kvartiraning derazasidan uloqtirib, ularning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda «Daily Sabah» gazetasi xabar berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Hodisa 24-fevral kuni Esenler tumanida sodir bo‘ldi. Ko‘p qavatli uyning uchinchi qavatida yong‘in kelib chiqqan. Videodagi kadrlarda ona to‘rtta bolasini derazadan birin-ketin uloqtirayotgani, ko‘ngillilar guruhi choyshabni cho‘zib, ularni birma-bir ushlab olayotgani tasvirlangan. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, bolalar jarohat olishmagan.

Qo‘shnilaridan birining aytishicha, dastlab kvartiradan qora tutun chiqa boshlagan.

Реклама на Unews

«So‘ngra derazadan bolalarning qichqirig‘i eshitildi, — deb eslaydi guvoh. — Biz choyshabni cho‘zdik. Ayol bolalarni pastga uloqtira boshladi. Choyshab yordamida to‘rtalasini ham ushlab oldik».

Keyinchalik o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishdi. Yong‘in sababi o‘rganilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring