Olimlar SARS-CoV-2 virusining keng spektri va unga yaqin bo`lgan koronaviruslar bilan kurasha oladigan antitanachani aniqlashdi

Shimoliy Karolinaning Chapel-Xill Universiteti va Daremning Dyuk Universiteti olimlari SARS-CoV-2 virusining keng spektri va unga yaqin bo`lgan koronaviruslar bilan kurasha oladigan antitanachani aniqlashdi. Bu haqda "Vaksinauz" kanalida ma`lum qilindi.

DH1047 antitanachasi virus hujayralari bilan birikadi va, replikasiyaning oldini olgan holda, ularni neytrallashtiradi. U infeksiyaning oldini olish va davolashda samara beradi. Bu kashfiyot ko`plab dori va vaksinalar yaratish imkonini tug`diradi.

«Ushbu antitanacha joriy epidemiyaga qarshi terapevtik vosita bo`lib xizmat qilishi mumkin. U kelajakda boshqa koronaviruslar jonivorlardan odamlarga yuqib, yangi epidemiyalar yuzaga kelganda ham qo`l kelishi mumkin», — deyiladi Duke Human Vaccine Institute direktori va tadqiqotning hammuallifi Barton Xeyns bayonotida.⠀

Реклама на Unews

DH1047 antitanachasi sichqonlarda sinovdan o`tkazildi. U kemiruvchilarni COVID-19 virusi bilan kontaktdan keyin uning rivojlanishidan himoya qila olishi aniqlandi. Shuningdek, u barcha shtammlar, jumladan, «Delta» shtammiga qarshi kurashda ham samarali ekanligi ma`lum bo`ldi.

«Qo`lga kiritilgan ma`lumot koronaviruslarga qarshi turg`un hamda hozirda ma`lum bo`lgan va paydo bo`layotgan koronavirus turlaridan himoyani ta`minlovchi universal vaksinalarni yaratish uchun andoza bo`lib xizmat qiladi», — deb ta`kidladi doktor Ralf Barik, Shimoliy Karolina Epidemiologiya Universiteti professori va tadqiqotning hammuallifi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring