Olimlar COVID-19’ning «britancha» shtammida o‘limning ehtimoli ko‘proq ekanini aniqladi

Olimlar koronavirusning Buyuk Britaniyada aniqlangan shtammi infeksiyaning asl shakliga qaraganda xavfliroq ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Yangi va rivojlanayotgan respirator viruslari bo‘yicha maslahat guruhi (NERVTAG) mutaxassislarining hisobotiga tayanib «Izvestiya» xabar berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Yangi shtammning o‘limga olib kelish darajasi 30—70 foizdan ko‘p, odamdan odamga yuqish darajasi esa 35—45 foizga yuqoriroq, deyilgan hisobotda. Tadqiqot Londondagi yetakchi tibbiyot muassasalaridan olingan COVID-19’ga chalinish bo‘yicha holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslangan.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, VUI-202012/01 shtammining o‘limga olib kelish sabablari va kasallik belgilariga yanada oydinlik kiritish uchun ushbu materiallarni chuqurroq o‘rganish talab qilinadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «britancha» shtammni yuqtirgan odamda o‘lim xavfining bo‘lishi infeksiyalangan paytda tanada virus yuklamasining oshishi bilan bog‘liq. Natijada bemor kasallikning og‘ir bosqichini boshdan kechiradi. Britaniyaning SARS-CoV-2 mutasiyasi bolalar, o‘spirin va 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun juda xavfli ekani ma’lum qilingan.

Реклама на Unews

Avvalroq rossiyalik olimlar koronavirusning «britancha» shtammini aniqlaydigan dunyodagi birinchi test tizimini ishlab chiqib, uni ro‘yxatdan o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 30 yanvar kuni koronavirusning «britancha» shtammi O‘zbekistonga kirib kelgani ma’lum bo‘lgan. U 23 yanvar kuni Dubaydan qaytib kelgan 10 yoshli qizchada aniqlangan. O‘zSSV koronavirusning yangi shtammi aniqlangan qizcha haqida 1 haftadan keyin ma’lum qilinganiga izoh bergan.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov mazkur shtamm aniqlangan bemor aeroportning o‘zida alohidalangani va virus odamlar orasiga kirishiga yo‘l qo‘yilmagani haqida ma’lum qilgan.

 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring