Odamlar qachon koronavirusga qarshi vaksinani ola boshlaydi?

Odamlar koronavirusga qarshi vaksinani faqat 2021 yilning birinchi yarmidan boshlab ola boshlaydi, dedi JSSTning sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan,  deb yozmoqda "telegra.ph" nashri.

Rayanning ta'kidlashicha, vaksina ishlab chiqarishda muvaffaqiyatlar qayd etilayotganiga qaramay, preparatni olish muddatiga nisbatan realist bo‘lishimiz lozim.

U shuningdek, JSST vaksina bilan barchani ta'minlash masalasi ustida ish olib borayotganini aytib o‘tdi.

“Epidemiyaga qarshi ishlab chiqariladigan vaksina faqat boylar uchun emas, qashshoqlar uchun ham emas, ular hamma uchun”, — dedi Rayan.

JSSTning so‘nggi ma'lumotiga ko‘ra, koronavirus tarqalgandan buyon hozirgacha dunyo bo‘yicha infeksiyaga chalinganlar soni 14,5 million kishiga yetgan, 607 mingdan ziyod kishi vafot etdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring