“Odamlar koronavirusga qarshi emlanishga har yili ehtiyoj sezishlari mumkin”

BAA Sog‘liqni saqlash vazirligining  ma’lum qilishicha, odamlar har yili koronavirusga qarshi emlanishga ehtiyoj sezishlari mumkin ekan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Birlashgan Arab Amirliklarining sog‘liqni saqlash sohasi rasmiy vakili doktor Farida al-Xosanining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda koronavirusning yangi variantlari paydo bo‘lgani uchun  har yili unga qarshi emlash zarurati tug‘iladi.

“Virusning qancha ko‘p yangi varianti paydo bo‘lsa, unga qarshi emlash uchun ham shuncha ko‘p ehtiyoj tug‘ilishi mumkin” deya Xosanining so‘zlarini keltiradi WAM axborot agentligi.

Реклама на Unews

Al-Xosani ba’zi vaksinalar 16 yoshli  odamlarga ham berilishi mumkinligini, hozirda bolalarga berilishi mumkin bo‘lgan vaksinalar bo‘yicha klinik tadqiqotlar olib borilayotganligini aytdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring