OAV: Pandemiya eng qattiq zarbani Braziliyaga berdi

Braziliyaning Poder360 portali tomonidan ta’kidlanishicha, pandemiya eng qattiq zarbani Braziliyaga bergani bois, mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz kelib chiqqan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Qayd etilishicha, 65 millionga yaqin odam - aholining uchdan bir qismi - favqulodda yordam tufayli tirik qolishmoqda. Braziliya koronavirus epidemiyasining birinchi ta’siridan keyin yilning birinchi choragidayoq resessiyaga kirdi.

Jetuliu Vargas jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, aprel, may va iyun iqtisodiy nuqtai nazardan so‘nggi 40 yil ichidagi eng yomon oylar bo‘lgan.

Реклама на Unews

Vaziyat aprel oyidan boshlab, bir yarim million braziliyalik ishsiz qolishi va 11,6 milliion kishining ish haqi pasayishidan so‘ng yomonlashgan.

Braziliyaning COVID-19ga qarshilik ko‘rsatishi dunyodagi eng zaif hisoblanadi va shaharlarda yirik do‘konlar ochish uchun tijorat bosimi muqarrar ravishda kasallikning yangi avjiga olib keladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring