Nur-Sulton qorga burkandi, bir kunda 100 dan oshiq YTH sodir bo‘ldi (foto)

Yo‘l patrul politsiyasi avtomashina egalariga yo‘llarda ehtiyotkorlik bilan yurishni so‘rab, murojaat qilgan, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

«Kuchli yog‘ingarchilik va sovuq ortidan yo‘llarning muzlashi sabab kommunal xizmat idoralari shahar ko‘chalarini tozalash uchun maksimal miqdordagi ixtisoslashtirilgan turli texnika va uskunalardan foydalanmoqda. Poytaxt aholisidan yo‘llarda e’tiborli bo‘lib, shahar ko‘chalarini tozalayotgan texnikalarini kuzatib borayotgan yo‘l patrul politsiyasining talablariga rioya qilishlarini so‘raymiz. Transport vositalarini yo‘l chetiga qo‘yib ketmang, maxsus texnikalar ishiga imkon boricha xalaqit bermang va ular foydalanadigan qatorni band qilmang.

Реклама на Unews

Haydovchilardan ehtiyotkorlik bilan harakatlanish, tezlikni oshirmaslik, oraliq masofani saqlash va quvib o‘tish qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘raymiz. To‘satdan amalga oshiriladigan quvib o‘tish va keskin to‘xtashdan saqlaning.

Ko‘rish darajasi past bo‘lgan sharoitda piyodalar yaqinlashayotgan transport vositalarini sezmasligi mumkin. Shu sabab haydovchilar piyodalar yo‘lakchasi joylashgan hududlarda tezlikni kamaytirishi kerak», deyiladi shahar yo‘l patrul politsiyasi murojaatida.

Реклама на Unews

Yo‘l patrul politsisi boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, kun davomida Nur-Sultonda 100 dan oshiq yo‘l transport hodisasi qayd etilgan. Ma’lum qilinishicha, ularda hech kim jiddiy jarohat olmagan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring