Nigeriyada maktab yonib, 26 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

Nigeriyada xonalari somondan qurilgan maktab yonib ketishi oqibatida 5-6 yoshli 26 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Aljazeera” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yong‘in kecha, 8 noyabr kuni mamlakat janubidagi Maradi shahridagi maktablardan birida sodir bo‘lgan. Maktabning 3 ta sinf xonasi yonib ketgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in sabablari hozircha ma’lum emas.

Реклама на Unews

Xabarda ta’kidlanishicha, yaralanganlardan ba’zilarining ahvoli juda og‘ir. Hozirda maktabda darslar to‘xtatilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Nigeriyada g‘ishtli inshootlarga o‘quvchilar sig‘may qolsa, ko‘p hollarda sinf xonalari yog‘och va somon yordamida quriladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring