Mutaxassis koronavirusning ochiq havoda yuqish ehtimolini tushuntirdi

COVID-19 infeksiyasini yuqtirish holatlari tashqarida emas, balki bino ichida sodir bo‘ladi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumatining ilmiy maslahatchisi Mark Vulhaus ma’lum qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

 «Dalillar virus ochiq havoda yaxshi tarqalmasligini ko‘rsatmoqda. Britaniyada epidemiya boshlangandan beri kasallik ochiq havoda yuqishiga oid juda kam dalillar mavjud», — dedi mutaxassis Britaniya parlamentining jamoatlar palatasidagi nutqi paytida.

Bundan tashqari, ekspertning fikricha, hukumat lokdaunni qachon tugatish yuzasidan qaror qabul qilishda ushbu ma’lumotni hisobga olishi kerak.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring