Moskva PSR testlari uchun bepul ro`yxatdan o`tishni bekor qildi

Endi moskvaliklar kovid bor-yo`qligini faqat pul bilan yoki shifokor tavsiyasi bilan bilib olishlari mumkin, deya xabar bermoqda Baza telegram kanali.

Ta`kidlanishicha, ilgari Rossiya poytaxtidagi har kim EMIASdagi shaxsiy kabinet orqali yoki telefon orqali test sinoviga yozilgan. Ammo bugungi kunga kelib, tahlil uchun bepul ro`yxatdan o`tish mumkin emas.

Endi faqat shifokorlar PSR testlarini yuborishadi. Bundan tashqari, shifokorlardan behuda testlardan foydalanmaslik so`ralgan - reagentlar etishmasligi tufayli faqat eng "ishonchli" bemorlar bepul testlarga yuboriladi.

Реклама на Unews

Kasalxonalar bepul testlarni davom ettiradilar, ammo bemor qabul qilingandan keyingina. Moskvaliklar testni pullik laboratoriyalarda topshirishlari mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring