BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Milliy katalogning yangilangan elektron versiyasi ishga tushirildi — DSQ

Davlat soliq qo`mitasi mahsulot va xizmatlarning Yagona elektron milliy katalogining yangilangan talqini haqida ma`lumot taqdim etdi. 

Unga ko`ra, yangi versiyada quyidagi yangi funksiyalar mavjsd:

 

▫️MXIKlarining har bir bo`limi uchun qulay qidiruv tizimi;

▫️tovarlar va xizmatlarga biriktirilgan qat`iy va tavsiya etilgan o`lchov birliklarini ko`rish;

▫️tovar va xizmatlarga biriktirilgan imtiyozlar ID raqami;

▫️mahsulot (xizmat)lar kodining butun zanjirini ko`rish imkoniyati;

▫️katalog tuzilmasi bo`yicha yig`ma ko`rsatkichlar.

Yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun tasnif.soliq.uz sayti bosh sahifasining “Elektron katalog” oynasidagi “Jadvalda ko`rish” tugmasini bosing.

MXIK asosida mahsulotlarga shtrix-kod va QR-kodni generasiya qilish uchun yaratilgan texnik imkoniyat muhim yangilik hisoblanadi. Bu xususiyat kelgusida MXIKga bog`langan mahsulotlarning shtrix-kodini (QR-kod) skanerlash orqali aylanmadan olib chiqishni sezilarli darajada soddalashtiradi.

Shuningdek "Mahsulot haqida batafsil ma`lumot" yangi bo`limi qo`shildi. Unda mahsulot (xususiyatlari, ishlab chiqaruvchisi va h.k.) haqidagi hamma foydalanishi mumkin bo`lgan ma`lumotlar bilan tanishish mumkin. Mahsulot kartochkalari bosqichma-bosqich to`ldirib boriladi.

Eslatib o`tamiz, “Soliq” mobil ilovasida (“Tasnif” bo`limi) shtrix-kodni skanerlash orqali mahsulotning amalda bo`lgan MXIK kodini bilib olishingiz mumkin. Hozirda milliy katalogga 180 mingdan ortiq turdagi mahsulot kiritilgan va ro`yxat kengayib bormoqda.

Andijonda erkak o`z xotini, qaynonasi va 16 yoshli qaynukasini pichoqladi Ijtimoiy tarmoqlarda Izboskan tumanidagi 22 yoshli ayol o`z eri tomonidan o`ldirilganlii, qizni himoyasiga chiqqan uning onasi va ukasi ham pichoqlangani to`g`risida xabarlar tarqaldi.  Ushbu xabarlarni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Darakchi.uz”ga tasdiqladi.  Prokuratura vakilining ma`lumotlariga ko`ra, 12 sentyabr kuni soat 22:00 larda Izboskan tumani “To`rko`l” MFYda yashovchi U.S. tuman IIBga murojaat qilib, qo`shnisining xonadonida janjal ovozini eshitib chiqqani va erda xonadon egasi M.R. hamda uning qizi Sh.R.ning qonga belanib yotganini ko`rgani to`g`risida xabar bergan. Hodisa joyiga viloyat prokurori, uning o`rinbosari, o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi vakillari, tuman prokurori, viloyat IIB boshlig`i va tezkor-tergov guruhi a`zolari etib borgan.   Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida “To`rtko`l” MFYda yashovchi 32 yoshli A.A. oilaviy kelishmovchiliklar tufayli onasining uyida yashab kelayotgan turmush o`rtog`i 22 yoshli Sh.R. va 1 yoshli farzandini bilan ko`rish uchun borganligi aniqlangan. U farzandini ko`rishga qarshilik qilgan qaynonasi M.R. va rafiqasi Sh.R. bilan janjallashib qolgach, o`zi vaqtincha ishlayotgan somsaxonadan xo`jalik pichog`ini olib kelgan va qaynonasi hamda xotinini, keyinchalik janjalga aralashgan 16 yoshli qaynukasini pichoqlab, voqea joyidan yashiringan. Etkazilgan tan jarohatlari oqibatida ona va qiz voqea joyida vafot etgan. Qaynukasi esa tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) 2-qimi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo`yicha terfov harakatlari olib borilmoqda.

Fikr qoldiring