Milliy katalogning yangilangan elektron versiyasi ishga tushirildi — DSQ

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Davlat soliq qo`mitasi mahsulot va xizmatlarning Yagona elektron milliy katalogining yangilangan talqini haqida ma`lumot taqdim etdi. 

Unga ko`ra, yangi versiyada quyidagi yangi funksiyalar mavjsd:

 

▫️MXIKlarining har bir bo`limi uchun qulay qidiruv tizimi;

Реклама на Unews

▫️tovarlar va xizmatlarga biriktirilgan qat`iy va tavsiya etilgan o`lchov birliklarini ko`rish;

▫️tovar va xizmatlarga biriktirilgan imtiyozlar ID raqami;

▫️mahsulot (xizmat)lar kodining butun zanjirini ko`rish imkoniyati;

Реклама на Unews

▫️katalog tuzilmasi bo`yicha yig`ma ko`rsatkichlar.

Yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun tasnif.soliq.uz sayti bosh sahifasining “Elektron katalog” oynasidagi “Jadvalda ko`rish” tugmasini bosing.

MXIK asosida mahsulotlarga shtrix-kod va QR-kodni generasiya qilish uchun yaratilgan texnik imkoniyat muhim yangilik hisoblanadi. Bu xususiyat kelgusida MXIKga bog`langan mahsulotlarning shtrix-kodini (QR-kod) skanerlash orqali aylanmadan olib chiqishni sezilarli darajada soddalashtiradi.

Shuningdek "Mahsulot haqida batafsil ma`lumot" yangi bo`limi qo`shildi. Unda mahsulot (xususiyatlari, ishlab chiqaruvchisi va h.k.) haqidagi hamma foydalanishi mumkin bo`lgan ma`lumotlar bilan tanishish mumkin. Mahsulot kartochkalari bosqichma-bosqich to`ldirib boriladi.

Eslatib o`tamiz, “Soliq” mobil ilovasida (“Tasnif” bo`limi) shtrix-kodni skanerlash orqali mahsulotning amalda bo`lgan MXIK kodini bilib olishingiz mumkin. Hozirda milliy katalogga 180 mingdan ortiq turdagi mahsulot kiritilgan va ro`yxat kengayib bormoqda.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий