Lukashenko qachon iste’foga chiqishi aytildi

Belarusdagi norozilik namoyishlari uch yil ichida Aleksandr Lukashenkoning mamlakat prezidentligidan ketishi bilan tugaydi. Bu haqda siyosatshunos Marat Bashirov "Komsomolskaya Pravda"ga ma’lum qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Uning fikriga ko‘ra, Lukashenko Minskdagi namoyishchilarni mamlakatda vaziyat o‘zgarishi to‘g‘risida signallar bilan zararsizlantirdi, natijada mojarodagi keskinlik biroz yumshadi.

Siyosatshunos Lukashenkoga uning saylovdagi raqibi Svetlana Tixanovskaya tomonidan qo‘yilgan ultimatumni xalqning ultimatumi emas, balki G‘arbda uning orqasida turgan odamlarning ultimatumi deb atadi. U shuningdek, namoyishchilar soni bo‘yicha faqat muxolifatdagi telegram kanallariga ishonmaslikka chaqirdi.

Реклама на Unews

«Ammo bu yerda asosiy narsa — keskin harakatlarga rozi bo‘lganlarning soni. Agar qon to‘kilmasa, u holda Tixanovskayaning ultimatumi shunchaki arzimas bo‘ladi», — dedi Bashirov.

U qon to‘kilmaydi, degan fikrni bildirdi, chunki Lukashenko o‘zini provakatorlar uchun juda muhim bo‘lgan aloqani uzishga o‘rgatgan. Siyosatshunosning taxmin qilishicha, Lukashenko uch yildan keyin hokimiyatdan voz kechadi va Belarusdagi norozilik namoyishlari tugaydi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring