Lukashenko Mirziyoyev haqida: "Ba’zan qo‘rqib ketaman"

Belorussiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishda sezilarli yutuqlarni qayd etdi. U 4 fevral kuni O‘zbekistonning Belorusiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Nosirjon Yusupov bilan Belarussiyadagi diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan uchrashuvda bunga alohida e’tibor qaratdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Aleksandr Lukashenko diplomatning ikki mamlakat munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasini ta’kidladi. "Sizga bizga do‘st bo‘lgan mamlakat elchisi sifatida qilgan barcha ishlaringiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman", dedi u. Davlat rahbari elchiga mustahkam sog‘liq va O‘zbekiston manfaati yo‘lidagi ishlarida yanada muvaffaqiyatlar tiladi.

"Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasida amalga oshirilgan barcha ishlar, aloqalarni rivojlantirishda sezilarli yutuqlar, avvalambor, mening do‘stim Shavkat Miromonovich bilan bog‘liq. Uning bugun qilayotgan ishlari ertaga, albatta, meva beradi.

Реклама на Unews

Hatto ba’zida qo‘rqaman, u bilan O‘zbekistonning rejalari to‘g‘risida gaplashishni boshlaganimda, hamma narsani o‘z zimmasiga olganini ko‘rib, "Bu juda qiyin emasmi?" deb cho‘chiyman. Ammo hozircha hamma narsa o‘z samarasini bermoqda. Mirziyoyev juda yaxshi odam, u har tomonlama ishlay boshladi. U aytganidek, hozir oldinga yurishdan boshqa yo‘l yo‘q", dedi Aleksandr Lukashenko.

Prezident hozirgi dunyodagi raqobat fonida O‘zbekiston singari 35 million aholisi bo‘lgan, shuningdek diniy muammolarga duch keladigan davlat boshqa davlatlarning nazaridan chetda qolmasligi mumkinligiga e’tibor qaratdi. "Ammo men siz prezidentingiz bilan muammolarni yengishingizga aminman", dedi Lukashenko.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring