Koronavirusning “britancha” shtammining o`ziga xos xususiyatlari qanday?

Koronavirusning “britancha” shtammida yo`tal, qattiq charchash, tomoq va mushaklarda og`riq kabi belgilar xos. Ammo hidning yo`qolishi “xitoycha” turiga qaraganda kamroq seziladi. Ushbu ma`lumotlar Buyuk Britaniyaning Milliy statistika xizmati tomonidan ma`lum qilindi. Bu haqda Xalq so`zi yozmoqda. 

Xizmat bunday xulosaga Angliyada “Covid-19” bilan zararlangan 6 ming kishining ma`lumotlarini o`rganib kelgan.

Hid va ta`mini yo`qotish kabi alomatlar yangi shtammda kamroq uchraydi. Ammo bu mutasiyada ham kasallikning uchta asosiy alomati — yuqori isitma, yo`tal va ta`m sezishning o`zgarishi kuzatilagan.

Реклама на Unews

“Britancha” shtamm bilan zararlanganlarning aksariyatida ushbu uchta alomatdan kamida bittasini namoyon bo`lgan.

Dastlab 2020 yil sentyabr oyida Buyuk Britaniyaning Kent okrugida aniqlangan mazkur yangi shtamm virusning oldingi turiga qaraganda tezroq tarqalishi ma`lum bo`ldi. Keyinchalik u mamlakatning barcha hududlarida qayd etildi va yangi yuqtirishlar sonining keskin ko`payishiga olib keldi. Natijada Buyuk Britaniyada keng qamrovli cheklov choralari joriy etishga majbur bo`lindi.

Ushbu shtammda o`lim ko`p kuzatiladi deb hisoblanmoqda, ammo buni tasdiqlash uchun hali etarli ilmiy dalillar yo`q.

Реклама на Unews

Statistika xizmati bemorlarni “Covid-19”ning “britancha” shtammi tasdiqlanishidan bir hafta davomida nima bezovta qilganini ham tahlil qildilar va “xitoycha” variant bilan zararlanganlarni shunday ma`lumotlari bilan taqqosladi.

Bunda 2020 yil noyabr oyining o`rtalaridan 2021 yil yanvar oyining o`rtalariga qadar infeksiyani yuqtirganlarning ma`lumotlari o`rganildi.

Natijada yangi shtammni yuqtirgan 3,5 ming kishidan iborat guruhidagilarning 35 foizini yo`tal, 32 foizini charchoq, 25 foizini mushak va tanada og`riq, 21,8 foizini tomoq og`rig`i bezovta qilgani ma`lum bo`ldi.

«Xitoycha» shtamm bilan zararlangan 2,5 ming kishilik guruhdagilarning 28 foizi yo`tal, 29 foizi charchoq, 21 foizi mushak va tanadagi og`riq, 19 foizi tomoq og`rig`idan shikoyat qilgan.

Yangi shtammni yuqtirganlarning 16 foizi ta`m bilish, 15 foizi esa hid sezish qobiliyatini yo`qotgan.

Eski shtamm bilan kasallanganlarda har ikki alomat 18 foizni tashkil qildi.

Bosh og`rig`i, nafas olishning og`irlashishi, diareya va qusish kabi alomatlar har ikki guruhda bir xil kechgani kuzatildi.

Uorvik universiteti virusologi va molekulyar onkologiya professori Lourens Yangning aytishicha, yangi shtammda Uxan shahrida aniqlanganiga qaraganda 23 ta o`zgarish aniqlangan.

“Virus tarkibidagi ba`zi bir o`zgarishlar organizmning immun reaksiyasi va infeksiyani keltirib chiqaradigan alomatlarga ta`sir qilishi mumkin”, deydi olim.

Shuningdek, uning qo`shimcha qilishicha, yangi shtammni yuqtirganlarning tanasida virus intensiv ravishda ko`payib borishi kuzatiladi. Bu esa infeksiyaning butun vujudga keng tarqalishiga yo`tal, mushaklar og`rig`i va charchoqning og`irroq kechishi olib keladi.

Uning tarqalish tezligi sababi nimada?

AQShlik va xitoylik biologlar koronavirus “britancha” shtammining tez tarqalishi sababini aniqlashga harakat qilishdi.

Ularning tadqiqotlari natijalari “bioRxiv2 jurnalida chop etildi. “SARS-CoV-2” ushbu “qobiliyat”ga “N501Y” mutasiyasi tufayli erishmoqda. Olimlarning fikriga ko`ra, aynan u virusni hujayralar yuzasidagi reseptorlari bilan bog`lashga o`n baravar yaxshi imkoniyat beradi.

“Koronavirusning “britancha” shtammi hujayra yuzasidagi “ACE2” reseptorlariga virusni biriktirishga mas`ul bo`lgan “RBD” oqsilining tuzilishini o`zgartiradigan “N501Y” mutasiyasiga ega”, deya izoh berdi tadqiqotchilar.

Ma`lum bo`lishicha, ushbu kichik o`zgarish virusning inson hujayralaridagi ushbu oqsillar bilan birikish qobiliyatini taxminan o`n baravar yaxshilagan.

Afsuski, bu tadqiqotlarda aniqlangan yagona o`zgarish emas. Ya`ni ushbu shtamm zarralariga antitanalarning samaradorligini sezilarli darajada pasaytirishi mumkin. Bu shuni ko`rsatadiki, mavjud “SARS-CoV-2” qarshi vaksinalar inson tanasini infeksiyadan himoya qiladi, ammo oldingi shtammlarga qarshi kurashda bo`lgani kabi samarali bo`lmaydi.

Koronavirusning “britancha” shtammi O`zbekistonga ham kirib kelgan. Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, u bilan 10 yoshli o`smir zararlangan. Mutaxassislarning bemorning ahvoli barqarorligini ma`lum qildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring