BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Koronavirusni unutamiz! Moskvada eng katta muz maydoni ochildi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida shu paytgacha bitta muz maydoni vaqtinchalik koronavirusni davolash markaziga aylantirilgan. Ammo 27 noyabrda Moskvada qish mavsumi uchun shahardagi eng katta ochiq muz maydoni ochildi va moskvaliklar undan foydalanishni boshlashdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

12,5 million kishi istiqomat qiladigan Moskvada sentyabr oyidan beri koronavirusga chalinganlar soni o‘sib bormoqda. Bugungi kunda Rossiyada kasallanish holatlarining eng ko‘p qismi Moskvada qayd etilmoqda. Shanba kuni butun Rossiya bo‘yicha 27 100 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, ularning 7320 tasi Moskvada aniqlangan.

Shunga qaramay juma kuni Moskva shimolidagi ko‘ngilochar bog‘da ochiq muz maydoni ochildi. Muzda uchayotganlar bu yerda hamma qo‘lqop va niqoblardan foydalanayotgani, shuning uchun virus xavfi mavjud emasligini ta’kidlashgan. Lekin, muz maydonining ichida ko‘pchilik niqobsiz yurganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, muz maydoniga kirishdan avval odamlarning tana harorati o‘lchanadi.

“Biz kiyim almashtirish xonalariga niqob bilan kirib chiqdik.  Bu umuman qo‘rqinchli emas”,  deydi muzda uchayotgan Olga Glazunova.

“Konkida uchish haqiqatdan ham yaxshi. Siz bu orqali kirib kelayotgan qish va Yangi yilni his qilishingiz mumkin” dedi Svetlana Makarova.

Mixail Merzlyakov singari boshqa odamlar esa virus xavfi mavjudligiga qaramay o‘zlarini muzga tushishdan  tiyib tura olmasliklarini aytishgan.

«Bu xavfli, ammo,  biz konkida uchishni xohladik» dedi Mixail.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!
 

Fikr qoldiring