Koronavirus tez tarqashining yana bir sababi aniqlandi

Argentinalik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra koronavirus infeksiyasi turli davlatlarda har-xil tezlikda tarqashiga sabab topildi. Ularning ta’kidlashicha, bu holat mamlakatda supertarqatuvchi odamlar bor yoki yo‘qligiga bog‘liq, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Tadqiqotchi Pablo Beldomeniko o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra supertarqatuvchilar infeksiyani yuqtirib olgan o‘rtacha statistik odamdan ko‘ra ancha ko‘p odamlarga virusni tarqatadi. Bu o‘rinda nafaqat yuqtirish, balki odam tanasidagi viruslar salmog‘i ham muhim o‘rin tutadi. Olim buzoqlar o‘rtasida tajriba o‘tkazib ko‘rdi va bu fikrining isbotini topdi.

Buzoqlar qoramollarda uchraydigan virus bilan kasallantirilgan. Biriga ko‘p miqdorda, boshqasiga esa kamroq virus yuqtirilgan. Oqibatda ko‘proq virus yuqtirilgan hayvonda kasallik og‘ir o‘tgan. Bu esa koronavirus infeksiyasini ko‘p miqdorda yuqtirib olgan inson supertarqatuvchiga aylanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Virus odam tanasiga o‘tgach, yangilarini ishlab chiqarishni boshlaydi.

Jaziramaga tayyormisiz? Bugungi ob-havo ma’lumoti

Yana bir Gigant startap egasi barcha pullarini hayriyaga beradi...

Реклама на Unews

O‘zbekistonda Ramazon hayiti qachondan rasman nishonlana boshlangan?

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring