O‘zbekistonda Ramazon hayiti qachondan rasman nishonlana boshlangan?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

“An’anaviy milliy bayram “Ro‘za hayiti” to‘g‘risida”gi 1991 yil 11 aprelda qabul qilingan Prezident Farmoni bilan respublika fuqarolariga 1991 yil 16 aprelda ularning xohishiga muvofiq ishga chiqmaslikka va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda xo‘jaliklarning ma’muriyati va kasaba uyushmalari komitetlari bilan kelishilgan holda bu kunni keyinchalik ishlab berishga ruxsat etilgan.

1992 yil 27 martdagi "Ro‘za hayitni dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni bilan esa diniy bayram — Ro‘za hayit (“Iyd al-Fitr”)ni 1992 yil 4 aprel kuni va keyingi yillarda esa Ro‘za hayitning birinchi kuni dam olish kuni deb tayinlangan bo‘lib, bu norma keyinchalik Mehnat kodeksida ham o‘z aksini topgan.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий