Kamala Harris Bayden bilan birga nomzodini ilgari surishga tayyor

AQSh vise-prezidenti Kamala Harris 2024 yilda Bayden bilan saylovda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

 

 U bu haqda NBC'  ga bergan intervyusida ma`lum qilgan, deya yozmoqda Zamon.uz' sayti.

 

“Prezident yana bir marta nomzodini ilgari surishini aniq aytdi. Agar u buni amalga oshirsa, men ham o`z nomzodimni u bilan birga qo`yishga tayyorman”, – degan vise-prezident.

Реклама на Unews

 

Bundan tashqari, u o`z vazifasiga katta mas`uliyat bilan yondashishini aytgan. 

Harrisning so`zlariga ko`ra, AQSh vise-prezidenti davlat rahbariga mamlakat taqdiriga ta`sir ko`rsatadigan muhim masalalarni hal etishga yordam beradi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring