JSST yangi shtamm tarqalishining oldini olish uchun odamlarga tezroq vaksina olishni tavsiya qilmoqda

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti yangi shtamm keng tarqalishining oldini olish uchun odamlarga tezroq vaksina olishni tavsiya qilayotir. Bu haqda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, hozirgacha 100 dan ortiq mamlakatlarda aholini emlash ko`rsatkichlari 40 foizga ham etmaydi.  

Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesusning ma`lum qilishicha, dunyodagi emlanmagan qatlamning katta qismi Afrika qit`asida yashovchi odamlardir. Chunki ushbu mintaqa mamlakatlari etarlicha vaksina zaxiralariga ega emas.  

Реклама на Unews

Shuningdek, T. Gebreyesus shu kungacha jahondagi mavjud vaksinalarning 80 foizdan ortig`i “Katta yigirmatalik” (G20) davlatlari o`rtasida taqsimlanganini ma`lum qildi.  

Anchayin qashshoq hisoblangan Afrika mamlakatlari esa jami ishlab chiqarilgan vaksinalarning atigi 0,6 foizinigina olgan, xolos.

"Bunday holat qanchalik uzoq davom etsa, koronavirusning tarqalish va mutasiyaga uchrash imkoniyatlari shunchalik kengayib boraveradi” — deydi JSST rahbari.  

Реклама на Unews

Bunday ogohlik qo`ng`irog`i qator davlatlarda vaksinasiya jarayonlarini yanada jadallashtirib yubordi. Jumladan, Italiyada ayni paytda jamoat transportidan  SOVID-19ga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi sertifikati yo`q fuqarolar foydalanishi holati aniqlansa, ular katta miqdorda jarimaga tortilmoqda. 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring