JSST koronavirus bo‘yicha navbatdagi tavsiyalarini berdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mamlakatlarga koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni talab qilmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda JSST veb-saytidagi bayonotda aytilgan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

JSST mutaxassislariga ko‘ra, hozirda vaksinalardan foydalanish imkoniyati cheklangan va ularning samaradorligi to‘liq isbotlanmagan. 

Qo‘mita shuningdek, koronavirusning yangi turlari bo‘yicha tavsiyalar bergan. 

Реклама на Unews

Mutaxassislar mutatsiyalarni aniqlash uchun molekulyar sinov va genetik sekvensiyani kengaytirishni, shuningdek, ommaviy ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif qilgan. 

Bundan tashqari, mutaxassislar geografik aloqalarni oldini olish maqsadida shtammlar uchun standartlashtirilgan nomlash tizimini ishlab chiqishni taklif qilgan.

Qayd etilishicha, bu yo‘nalishdagi ishlar allaqachon olib borilmoqda.

Реклама на Unews

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar 95 mln 555 ming 959 nafarni tashkil qilmoqda. 68 mln 272 ming 845 kishi koronavirusni yenggan. 2 mln 41 ming 299 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring