JSST ekspertlari Uxanda koronavirus tarqalishiga oid dalil topolmadi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hayvonlarda koronavirus manbaini aniqlay olmadi. Bu haqda Uxan shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi mutaxassisi Lyan Vannanning aytishicha, tadqiqot davomida ko‘rshapalaklar va pangolinlar orasida "SARS-CoV-2" o‘xshash viruslar topilgan, ammo olingan namunalar aynan shu hayvonlar "SARS-CoV-2"ning asl manbai ekanligini taxmin qilish uchun keskin farq qiladi. 

Lyanning qo‘shimcha qilishicha, ekspertlar guruhi Uxan shahrida 2019 yil dekabrigacha "Covd-19"ning tarqalishiga sabab bo‘lgan yirik o‘choqlar haqida hech qanday dalil topmagan.

Реклама на Unews

JSSTning zoonoz kasalliklari bo‘yicha mutaxassisi va xalqaro ekspertlar guruhi rahbari Piter Ben Embarekning aytishicha, ma’lumotlarning yetishmasligi sababli Uxandagi dengiz mahsulotlari bozoriga kirib kelgan virusning holatini aniqlash mumkin emas. Shu bilan birga, mutaxassislar virusning bozor tashqarisida keng tarqalishini aniqlaganlar. Embarekning qo‘shimcha qilishicha, JSST mutaxassislari Uxanda o‘tkazgan tekshiruvda yangi ma’lumotlar aniqlangan, ammo ular "Covid-19" epidemiyasining manzarasini tubdan o‘zgartirmagan.

Koronavirusning yangi turiga sabab bo‘lgan “Covid-19” pnevmoniyasining avj olishi ilk bor 2019 yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida qayd etildi.

Dastlab, yuqtirish manbai Uxandagi dengiz mahsulotlari bozori ekanligi aytildi. JSST ishonchli axborotlarga ega bo‘lmaganligi sababli ushbu bozor haqiqatan ham koronavirusning tarqalish manbai ekanligini tasdiqlamagan. Bundan tashqari, infeksiya Uxan virusologiya instituti laboratoriyasidan yoyila boshlagan, degan xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Xitoy virus tarqalishini yashirganlikda, vaziyat haqida ochiq gapirgan shifokorlarning ovozini o‘chirishga urinishda va sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘risida dunyoga kech xabar berganlikda, shuningdek, virusning kelib chiqishi yuzasidan tashqi tekshiruv o‘tkazishga xalaqit berganlikda ayblanmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 11-02-2021 АЗАМАТ

    ХИТОЙГА ҚЎЙИЛГАН АЙБЛОВЛАР ЮЗАСИДАН ХИТОЙГА НИСБАТАН ЧОРА КЎРИЛДИ ҲАМ ДЕЙЛИК, БИРОҚ БУ НИМАНИ ЎЗГАРТИРАДИ. УШБУ ВЕРУСДАН ҚУТИЛИШ МАСАЛАСИДА,ЯЪНИ ФОРМАСЕВТИКА СОХАСИДА ХИТОЙ БИЛАН ХАМКОРЛИКНИ КУЧАЙТИРИШ КЕРАК ДЕГАН ФИКРДАМАН.

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish