JSST COVID-19’ning yangi shtammlari aniqlangan mamlakatlar soni ortganini ma’lum qildi

Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yuqumliroq turi yana sakkizta mamlakatda aniqlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) o‘zining haftalik axborotnomasida ma’lum qildi, deb yozmoqda «RBK», deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

«9 fevralda o‘tkazilgan so‘nggi yangilanishdan beri koronavirusning ‘britancha’ shtammi yana sakkizta mamlakatda qayd etildi. Jami 94 ta mamlakat kasallik o‘z hududlariga olib kirilgani haqida ma’lum qilgan», — deyiladi unda.

Bundan tashqari, 47 mamlakatda «britancha» shtammning mahalliy yoyilishi haqida xabar berilgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlardan qariyalar orasida kasallanish va o‘lim darajasi oshgani haqida xabarlar kelmoqda.

Реклама на Unews

«Britancha» shtammdan tashqari, Janubiy Afrikada, Braziliyada va Yaponiyada paydo bo‘lgan shtammlarning tarqalish geografiyasi ham kengaygan. So‘nggi bir hafta ichida «afrikacha» shtamm yana ikkita mamlakatda, «yaponcha» shtamm esa oltita davlatda aniqlangan. Umumiy hisobda koronavirusning «afrikacha» shtammi 46 ta davlatda, «yaponcha» va «braziliyacha» shtammlari esa 21 ta davlatda qayd etilgan.

Avvalroq Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lgani va u yana o‘nta mamlakatda tarqalishga ulgurgani haqida xabar berilgandi. Unga B.1.525 deb nom berilgan.

Olimlar koronavirusning Buyuk Britaniyada aniqlangan shtammi infeksiyaning asl shakliga qaraganda xavfliroq ekanligini ma’lum qilgan. Yangi shtammning o‘limga olib kelish darajasi 30-70 foizdan ko‘p, odamdan odamga yuqish darajasi esa 35-45 foizga yuqoriroq, deyilgan.

Ma’lumot uchun hozirda dunyo olimlarini xavotirga solayotgan to‘rtta koronavirus turi mavjud: ikkitasi «britancha», biri Janubiy Afrikada va bittasi Braziliyada paydo bo‘lgan shtammlar.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring