JSST COVID-19 pandemiyasi qachon pasayishini ma`lum qildi

Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti vakili Melita Vujnovich "Rossiyskaya gazeta" ga bergan intervyusida koronavirus pandemiyasi qachon chekinishi mumkinligini aytdi.

Uning so`zlariga ko`ra, COVID-19 kasalligi bilan bog`liq vaziyat bu yil qanday rivojlanishi haqida bir fikr aytish mushkul, ammo shunisi aniqki, pandemiya bu yil tugamaydi va virus yo`qolmaydi.

Vujnovichning ta`kidlashicha, vaksinalar haqidagi so`nggi yangiliklar bu balodan qutulishga umid borligidan darak bermoqda.

Реклама на Unews

Uning so`zlariga ko`ra, tobora ko`plab mamlakatlarda, masalan, Rossiyada kasallikka qarshi ommaviy emlash davom etmoqda. Tashkilot vakili vaksinalar pandemiyani tugatishi mumkin, ammo ular barcha muammolarni hal qila olmaydi deya fikr bildirdi. Bundan tashqari, niqob kiyish, gigienaga rioya qilish va boshqa qoidalarni unutmaslik orqali infeksiya tarqalishiga qarshi kurashish va o`limni kamaytirishga yordam beradi, deya qo`shimcha qildi Vuynovich.

Rospotrebnadzor markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya instituti klinik va analitik ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Natalya Pshenichnaya ta`kidlaganidek, Rossiyada koronavirus bilan bog`liq vaziyatni barqarorlashtirish tendensiyasi mavjud.Ekspertning fikricha, eng yuqori ko`rsatkich allaqachon o`tgan deb taxmin qilish mumkin. Moskva meri Sergey Sobyaninning so`zlariga ko`ra, poytaxt aholisi koronavirusga qarshi emlashlardan qochmasalar, bahorda normal hayotga qaytishadi. Shuningdek, u kasallik ikki-uch hafta ichida pasayishiga umid bildirdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring