Jiddiy muammo: koronavirusning yangi turini nazorat qilib bo‘lmaydi

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkokning aytishicha, COVID-19 ning yangi shaklini nazorat qilib bo‘lmaydi. Kasallik odamlarga juda tez yuqadi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

"Odamlar o‘zlarini xuddi virus yuqtirgandek tutishlari kerak", – deya iqtibos keltiradi Xenkok.

Vazir epidemiyaga qarshi eng qat’iy choralar ko‘rilgan hududlarda ayniqsa hushyor bo‘lishni maslahat berdi. U emlashdan oldin bir necha oy davomida cheklovlar amal qilishi mumkinligini ta’kidladi. Shuningdek, Xenkok koronavirusning yangi turini "jiddiy muammo" deb aytdi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring