BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Jahongir Otajonov sudga berildi

Internet ijtimoiy tarmog‘ida Jahongir Otajonov Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarini haqorat qilgan videomurojaatini joylashtirib, xodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan taxqirlagan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Qayd etilishicha, J.Otajonovning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, u yuqoridagi videomurojaatida aytib o‘tgan haqoratli gaplarni jahl ustida aytganligini, Respublika hukumati va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yo‘qligini ta’kidlab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

«J.Otajonovning qilmishida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi («Haqorat qilish»)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli to‘plangan hujjatlar 23.07.2021 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etildi», deyiladi IIBB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq taniqli estrada xonandasi Jahongir Otajonov siyosatdan ketishini e’lon qilgandi.

Qashqadaryolik fuqaro o‘z ammasini do‘pposladi 2021 yilning 21 may kuni soat 17:00 larda Kitob tumani 74-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi oldida Kitob tumani, “Zarafshon” MFYda yashovchi O.A. shu qishloqda yashovchi ammasi A.G. bilan yer-joy bo‘yicha oldindan mavjud bo‘lgan nizo sababli o‘zaro tortishuv davomida janjallashib, tayoqqa o‘xshash jism, temir bo‘lagi va qo‘llari bilan G.A.ning do‘ch kelgan joylariga urib tan jarohati yetkazgan.Holat yuzasidan Sudga oid tibbyot ekspertizasi tayinlanib xulosasi olinib, to‘plangan hujjatlar qonuniy to‘xtamga kelish uchun Kitob tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasiga yuborilgan.Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi G.A. Sudga oid tibbiyot ekspertizasi xulosasidan norozi ekanligi bois himoyachisi tomonidan kiritilgan iltimosnomaga ko‘ra, tergovchi tomonidan qayta sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlash to‘g‘risida qaror chiqarilib, viloyat STEBga yuborilgan.Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.Sodir etilgan har qanday holat yoki qonunbuzarlik yuzasidan xolis va adolatli qonuniy to‘xtamga kelish vakolati belgilangan huquq-tartibot organlari zimmasiga yuklangan.Ijtimoiy tarmoq faollaridan qonunda belgilanganidek tergov olib borilayotgan yoki hali qonuniy to‘xtamga kelmagan jinoyat tafsilotlarini vakolatli organlarning yozma ma’lumoti yoki ruxsatisiz ommaga e’lon qilmasliklarini eslatib o‘tamiz.O‘z navbatida bu turli anglashilmovchilik va ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarini chalg‘itishni oldini oladi.Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati.

Fikr qoldiring