Jahongir Otajonov sudga berildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Internet ijtimoiy tarmog‘ida Jahongir Otajonov Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarini haqorat qilgan videomurojaatini joylashtirib, xodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan taxqirlagan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Qayd etilishicha, J.Otajonovning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, u yuqoridagi videomurojaatida aytib o‘tgan haqoratli gaplarni jahl ustida aytganligini, Respublika hukumati va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yo‘qligini ta’kidlab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

«J.Otajonovning qilmishida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi («Haqorat qilish»)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli to‘plangan hujjatlar 23.07.2021 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etildi», deyiladi IIBB xabarida.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, avvalroq taniqli estrada xonandasi Jahongir Otajonov siyosatdan ketishini e’lon qilgandi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


2 комментарии

Написать комментарий
  1. 24-07-2021 Зулфия

    Ундан кура амалдорлани яхшилап текширсин киладиган иши йоми шу болага ёпишвоган хакикат хич катта тан олинмага канча давлат одамларихалкки пулини йеб ётиати бу б.н хич кимми иши йо

    Ответить на этот комментарий
  2. 24-07-2021 Madina

    Yulduz Usmonovani haqoratlari uchunam jazolashsin qonun hamma uchun barobarku. Yo Yulduzdan qòrqishadimi u uchun alohida qonun bormi 😂😂😂😂

    Ответить на этот комментарий

Написать комментарий

просмотреть все комментарии