Istanbulda yoqqan qor balandligi 20 santimetrga etdi. Ta`lim muassasalari yopildi

Istanbuldagi barcha ta`lim muassasalari shaharga tushgan kuchli qor tufayli 17 fevralga qadar yopiq bo`ladi, dedi gubernator Ali Erlikay. Istanbulning ba`zi hududlarida qor qoplamining balandligi 20 santimetrga etdi, deya yozmoqda Ria Novosti.

"Kuchli qor yog`ishi va bo`ronli shamol davom etmoqda. Biz chorshanba kunigacha barcha ta`lim muassasalarimizda o`qishni to`xtatmoqdamiz", dedi gubernator bayonotida.

Noqulay ob-havo tufayli Bosfor orqali parom qatnovi to`xtatildi. Aeroportlar normal rejimda ishlaydi, ammo ba`zi reyslar kechiktiriladi. Koronavirus pandemiyasi sababli joriy yakshanba kuni joriy etilgan komendantlik soati tufayli Istanbulda transportlar harakatida jiddiy tirbandliklar mavjud emas.

Реклама на Unews

Sinoptiklarning fikriga ko`ra, qor yog`ishi besh kungacha davom etishi mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring