Isroilda pandemiya davridagi eng yuqori ko`rsatkich qayd etildi

Isroilda pandemiya boshlanganidan buyon eng yuqori ko`rsatkich qayd etildi. Oxirgi sutkada mamlakatda 71 mingdan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda The Times of Israel xabar bermoqda

Qayd etilishicha, bu ko`rsatkich pandemiya davrida rekord darajaga aylandi. Ya`ni, bir kunda 71,5 ming kishi kasallikni yuqtirib olgan. Sog`liqni saqlash mutaxassislarining fikricha, Isroilda koronavirus bilan bog`liq holatlar yanada ortishi taxmin qilinmoqda. 

Ma`lumot uchun, pandemiya boshlanganidan buyon Isroilda 1,7 milliondan ortiq kishi kasallikni yuqtirib olgan, 8,3 ming kishi vafot etgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring