«iPhone 12 mini»: kichkina ayfonning «katta» nuqsoni topildi

2020-yilning 13-noyabridan yana ikki ayfon: «iPhone 12 mini» hamda «iPhone 12 Pro Max» sotuviga start beriladi. Reliz arafasida bu smartfonlarning tafsilotlari, xususan, kamchiliklari («iPhone 12 mini») ham ochiqlanmoqda, deb yozmoqda «Ferra.ru»,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

5,4 dyuymli «iPhone 12 mini» — «Apple» 2020-yilda taqdim etgan flagmanlarning eng kichkinasi. Bu smartfonning «aybi» kichikligida, shuning uchun ham muqobil ishlash davri cheklangan (ajralmas akkumulyatori hajmi kichik). Sharhlovchilarga ko‘ra, juda faol ishlatilmasa mini ayfon quvvatni bir kunga ushlab beradi. Bu borada uning ahvoli, «iPhone SE» (2020)ni istisno qilganda, barcha ayfonlarnikidan yomon.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, «iPhone 12 mini» bir quvvatlanishda 15 soatgacha tinmay video ko‘rishga yaraydi. Solishtirish uchun: oddiy «iPhone 12»da — 17 soat, «12 Pro Max»da — 20 soat to‘xtovsiz video ko‘rish mumkin.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring