Hindistonlik kelin-kuyov suv ostida to‘y qilishdi (video)

Hindistonlik kelin-kuyov to‘ylarini 18 metr chuqurlikdagi suv ostida o‘tkazishga qaror qilishdi. Bu haqda xorij matbuotlari xabar berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Chennaylik juftlik V Chinnaduray va S Sveta dushanba kuni ertalab Nilangkaray sohillari yaqinida turmush qurishdi.

«To‘y an’analarga muvofiq, faqat suv ostida o‘tkazildi. Biz ertalabki xayrli vaqtda suvga sho‘ng‘idik, gulchambarlar almashdik va ruhoniyimizning ko‘rsatmasiga binoan ertalab soat 7:30 gacha talini bog‘ladik», — dedi kuyov Chinnaduray.

Реклама на Unews

Svetaning aytishicha, to‘ydan atigi bir oy oldin suvga sho‘ng‘ish mashg‘ulotlariga qatnagan.

«Yonimizda sakkiz nafar g‘avvos bo‘lishiga qaramay, men ham, ota-onam ham rosa xavotirlandik. Bu nihoyatda hayajonli lahzalar edi», — deydi u.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring