Fransiya Yosh futbol afsonasida koronavirus aniqlandi!

PSJ klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening koronavirusga topshirgan testi ijobiy natijani ko‘rsatdi. Bu haqda Fransiya terma jamoasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ayni damda 21 yoshli futbolchi terma jamoa yig‘inida bo‘lib turibdi. Ijobiy tahlillar sabab u Xorvatiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi va klub tasarrufiga qaytadi.

Реклама на Unews

Avvalroq Neymar, Mauro Ikardi, Anxel di Mariya, Leandro Parades va Keylor Navas kabi PSJ futbolchilarida koronavirus aniqlangandi.

Parij klubi 10 sentyabr kuni Liga 1 doirasida «Lans»ga qarshi o‘yin o‘tkazishi belgilangan, biroq mazkur holat sabab ushbu o‘yinni o‘tkazish masalasi savol ostida qolmoqda.

PSJ Chempionlar Ligasidagi ishtirok sabab Fransiya chempionatining dastlabki ikki turini o‘tkazib yuborgandi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring